Timur Kapadze Navbahorga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi

Khoja
1 iyul 2024, 12:19
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze Navbahorga o'tishi haqidagi mish-mishga izoh berdi.

Hozircha hech bir jamoa bilan muzokara olib bormayapman. Oldimizda katta musobaqa turibdi, maqsadim - terma jamoamizni Parijda bo'lib o'tadigan musobaqaga yaxshi tayyorlash. Hozirda boshqa narsalarni o'ylashga vaqt ham yo'q, - deb fikr bildirdi Timur Kapadze.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia