Timur Hakimov “Buxoro” bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2016
Iqtidorli hujumchi Timur Hakimov “Buxoro” bilan xayrlashdi.

O'tgan mavsumni “Oq-tepa” safida o'tkazgan hujumchi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan keyin “Buxoro” jamoasi mashg'ulotlariga qo'shilgan, hatto ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishga ham ulgurgan edi. Biroq Hakimov kuni kecha klub bilan xayrlashdi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, hujumchi jamoa bilan ayrim masalalar bo'yicha kelisha olmagan. Hakimovga oliy liganing 3-4ta klubi qiziqish bildirmoqda.  



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia