

- "Bugun 2-3 ta yaqqol golli vaziyatlardan foydalana olmadik. Bundan tashqari raqib tezkor qarshi hujumdan foydalanib gollar urib ketdi. Issiq ob-havoni natijaga sabab sifatida keltirmoqchi emasman. Chunki "Oq-tepa" ham, biz ham shu sharoitda o'ynadik. Oxirgi daqiqlarda kiritgan gollarimiz bizni mag'lubiyatdan saqlab qoldi. Bugun balki g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi.
Jamoamiz yigitlariga ob-havoga e'tibor qaratmasdan faqat g'alaba uchun o'ynash kerakligini tushuntirdim. Zaxiradan Suhrob Ne'matovni o'yinga qo'shdik. Zimmasida Superliga yo'llanmasi vazifasi turgan jamoa bugungi kabi o'yinlarda g'alaba qozonishi kerak" - deydi "Buxoro" bosh murabbiyi.



