Timo Verner: "Chelsi"dan ko'ra, Germaniya termasining uslubi menga ko'proq mos tushadi"

Og'abek Samisov
27 mar 2022
Hujumchi Timo Vernerning aytishiga ko'ra, "Chelsi"dan ko'ra Germaniya termasida o'ynash unga osonroq.

"Hujumchiman va doimo gol urishni istayman. "Chelsi"da ishlar men o'ylaganchalik ketmayapti. Ammo Flik qo'l ostida barchasini uddalayapman.

Qayerda o'ynashimdan qati nazar menga quvnoq futbol o'ynash yoqadi. "Chelsi" va Germaniya termasining uslubi esa bir-biridan farqli.

Balki, bu erdagi uslub menga mosdir. Termada menda doimo vaziyat bo'ladi va gol uraman. Bu erda o'zimni qulayroq his qilaman", - dedi Verner.


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia