Tiago Silva: “Bu biz ko'zlagan natija emas”

Aslanov Jasurbek
30 noya 2020
“Chelsi” himoyachisi APL 10-turi doirasida “Tottenxem”ga qarshi (0:0) bahsdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu biz ko'zlagan natija emas. Biroq ochko ishlashga muvaffaq bo'ldik. Endi esa dam olish kerak. Chorshanba kuni bo'ladigan Chempionlar Ligasi bahsini intizorlik bilan kutaman”, - deya yozadi Silva.

“Chelsi” APL 10-turidan so'ng 19 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. “Tottenxem” esa 21 ochko bilan peshqadamlikni “Liverpul” bilan bo'lishib turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Twitter/@ThiagoSilva