The Guardian: Runi “MYU” rahbariyatiga uni transferga qo'yishlarini so'rab so'rov yuborishni istayapti

“Manchester Yunayted” klubi hujumsi Ueyn Runi, klub rahbariyatiga uni transferga qo'yishlari so'rab so'rov xati yuborishga jiddiy kirishgan.

Eslatib o'tamiz, “Chelsi” futbolchini sotib olish borasida 2 marotaba rasmiy taklif bilan chiqqan, ammo ikkala safar ham rad javobini olgan. Bazi ma'lumotlarga ko'ra “aristokratlar” transfer miqdorini 25 mln funtdan 30 mln funtgacha oshirishgan.

Ta'kidlab o'tish kerakki, “Manchester Yunayted” nazorat uchrashuvini o'tkazish uchun Stokgolmga Runisiz jo'nab ketgan, chunki futbolchi elkasidan jarohat olganligi ma'lum bo'lgan.


Manba: sports.ru