The Guardian: Eto′O Chelsiga 5,8 million evro evaziga o'tadi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2013
Chelsi Anji hujumchisi Samyuel Eto′Oga jiddiy qiziqmoqda.
Ko'klar Rossiya klubiga taklif tayyorlamoqda. 32 yoshli Eto′O Chelsiga 5,8 million evroga o'tishi mumkin.

Oldinroq Anji futbolchini kamida 15 million evroga sotmoqchi ekani, so'ngra Eto’O Anji rahbaridan o'zini tekinga qo'yib yuborishni so'ragani ma'lum bo'lgandi.

Kamerunlik futbolchi esa kuni kecha Joze Mourinyoni maqtadi.

Chelsidan tashqari unga Inter, Napoli va Los-Andjeles Gelaksi klublari qiziqishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru