

O'yinchining o'zi "Real"ga o'tishni afzal ko'rayotganiga qaramay manchesterliklar qiziqishlarini susaytirmay kelishayotgan edi.
Biroz avval taniqli muxbir va insayder Devid Ornshteyn Yoro bugun Buyuk Britaniyaga uchishi haqida yozdi. Bundan maqsad "Manchester Yunayted" uchun tibbik ko'rikdan o'tish va shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishish. MYU ushbu transferni tezroq rasmiylashtirmoqchi. "Qizil iblislar" 18 yoshli himoyachi uchun "Lill"ga 62 mln evro to'lashi ma'lum qilingan.




