Turkiyalik darvozabon terma jamoa ixtiyoridan kyetib qoldi. U asosiy tarkibga kiritilmaganidan xafa

Sherzod Nurmatov
13 okt 2025
"Lill"ning 25 yoshli a'zosi Berke O'zer iyun oyida debyut qilib, bor-yo'g'i 2 ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushganiga qaramay, uning ambiciyalari jiddiy.

Avvalroq murabbiy darvozabon kichik jarohati bois Bolgariyaga qarshi o'ynamasligi va tarkibda kuchliroq futbolchilar borligini ma'lum qilgandi.

Berkening xatti-harakati hammani hayratda qoldirdi: u narsalarini yig'ishtirib, Fransiyaga uchib ketgan. Turkiya futbol federatsiyasi bu haqda quyidagilarni yozdi:

"Berke O'zer jamoani o'z ixtiyori bilan tark etdi. Tarkibdan chetda qolganini bahona qilib, ruxsatsiz. Bunday xatti-harakatlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Intizom, hurmat va jamoaviy ruh - biz hech qachon murosaga kelmaydigan principlar".

Futbolchining o'zi hammasini rad qilib, unga klubga qaytishga ruxsat berilganini ta'kidladi:

"Men o'yin uchun tarkibni ko'rdim va tushundim: terma jamoada qaror qabul qiladigan odamlar g'alaba qozonishni xohlamaydi. Mening hafsalam pir bo'ldi.

Atmosferani buzishni istamadim, shuning uchun o'yin oldidan murabbiylar shtabiga o'z fikrlarimni bamaylixotir bildirdim. O'zimni noqulay his qilganim uchun yig'inni tark etishimga ruxsat berishdi. Agar o'ynamasam ekanman, klubning o'yinlariga tayyorlanishim kerak".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Haberler