

"Yevropa jamoalari "Real"dan qo'rqadi, "Real" esa "Barsa"dan. "Barselona" qasos jamoasiga aylandi. "Bavariya"dan so'ng "Real"ning navbati keldi. Lamin Yamal Messidek, Rafinya Ronaldinyodek, Pedri esa Inestadek o'ynamoqda. Huddi 2011 yilgi "Barselona"ni kuzatayotgandekman. Jamoa oldingi holatiga qaytdi. Hech kim ularni to'xtata olmaydi. Ular barchasini yutishadi va ularning yo'liga chiqqan jamoa bundan jabr ko'radi", - dedi Anri.



