Ter Stegen jarohati tufayli 2 hafta o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
10 sen 2016, 09:02
Barselona posboni Mark-Andre ter Stegen mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.

24 yoshli posbon ikki hafta davomida maydonga tusha olmaydi. U Alaves va Leganes bilan o'yinlarda o'ynay olmaydi. Bundan tashqari YCHL guruh bosqichi doirasidagi Seltikka qarshi bahsda jamoasiga yordam bera omlaydi.

Ter Stegen La liga 4-turidan o'rin olgan Atletikoga qarshi bahsda maydonga qaytishi mumkin.

Barselona darvozasini klubning yangi futbolchisi Yasper Sillesen qo'riqlashi kutilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es