Ter Shtegen Fransiya sari yo'l olishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 iyun 2025
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen ushbu yozda "Monako"ga o'tishi mumkin.

Monegasklar yangi mavsum oldidan kuchliroq darvozabon izlamoqda va bir qancha nomzodlarni ko'rib chiqyapti. Unga ko'ra, ter Shtegen asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda. Shuningdek, Vanya Milinkovich-Savich ("Torino") va Ugurchan Chakir ("Trabzonspor") kabi darvozabonlar ham short-listdan o'rin olgan.

Ter Shtegen o'tgan mavsumda orttirib olgan jarohatini davolab bo'ldi va "Barselona" aynan shu sababli ushbu posbondan voz kechmoqda.

Kataloniya klubi germaniyalik darvozabonning jamoadan ketishi uchun uning 1 yillik maoshini ham to'lab berishga tayyor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo