Teo Ernandes qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes Xalqaro Chempionlar kubogi doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yinda jarohatlangani borasida ma'lumot bergandik.

21 yoshli futbolchi to'piq qismidan olgan jarohati klubdagilar tomonidan tasdiqlandi. U 2 haftada safdan chiqqani ham ma'lum qilindi.

Teo A Seriyaning dastlabki tur o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Ernandes yozda 20 million evro evaziga "Real"dan "Milan"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia