

"Milan"da erkinlik bor. Hech kim mening oldinga o'tishimni cheklayotgani yo'q. Shu sababli "Real"ga qaraganda bu erda o'zimni qulayroq his qilaman. Boshqa hech qayerda menga bunday erkinlik berilmasa kerak.
Undan tashqari Rafael Leau bilan o'ynash men uchun qulayroq. U bilan bir-birimizni tushunamiz va bu muvaffaqiyatlarimiz kaliti bo'lmoqda. U menga bo'sh hududlar ochib beradi, men esa bundan foydalanishga harakat qilaman.
Menga uzun paslar va o'yinni boshqarish yoqadi. Ammo bor e'tiborimni himoyadagi mo'tadillikka qaratishim kerak", - dedi Teo.



