Teo Ernandes "Milan" bilan shartnomani uzaytirgani haqida gapirdi

Alisher
12 fev 2022
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes klub bilan shartnomani uzaytirgani haqida gapirdi.

"Men baxtliman. "Milan"dagi ilk kunlardanoq murabbiy va jamoa bilan vaqtni ajoyib o'tkazdim, meni rahbariyat qanoatlantirdi. Shu sabab shartnomani uzaytirishga qaror qildim", - deydi Ernandes.

Futbolchi 2019 yilning iyulidan beri "Milan"da o'ynaydi.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia