Ten Xag: “Ronaldu atigi bitta o'yinni o'tkazib yuboradi, u hali ham MYUdagi muhim futbolchi”

Eldor Akmurzayev
22 okt 2022
“Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Xag APL 13-turidan o'rin olgan “Chelsi”ga qarshi bahs oldidan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Ronaldu mavsum oxirigacha qoladimi va men buni xohlaymanmi? Ha, ikkalasini ham istayman. Krishtianu faqatgina “Chelsi”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi, keyin esa u qaytadi. Avval atganimizdek, u jamoaning muhim qismi bo'lib qoladi va unga mavsum oxirigacha ishonishda davom etaman. Maqsadlarimizni birga amalga oshirishni xohlaymiz.

“Rayo Valekano” bilan bo'lgan voqeadan keyin buni qabul qilib bo'lmasligini aytgandim, ammo bu yana takrorlandi. Qoida hamma uchun barobar, ikkinchi marotaba sodir qilinsa, bu yomon oqibatlarga olib kelardi. Shu tufayli mana shu ishga qo'l urdik. Bu esa jamoa uchun yo'qotish, ammo o'ylashimcha, jamoaga bo'lgan munosabat va mentalitet muhim.

Birga yashab, birga futbol o'ynash – bu jamoaviy o'yindir va siz ma'lum standartlarga javob berishingiz kerak va buni nazoratga olishim lozim”, deydi ten Xag.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports