Ten Xag: "O'z xatosidan keyin Onana bir necha ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. U juda muhim o'yinchi"

Administrator
21 sen 2023
Kecha YCHL birinchi turida "Bavariya" MYUni mag'lubiyatga uchratdi.

MYU darvozaboni Andre Onana ushbu uchrashuvdagi harakatlari sabab tanqidlarga uchradi. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag esa darvozabon haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Futbolda xatolar bo'ladi. Bu shulardan bittasi, xolos. Biz bunga katta e'tibor qarata olmaymiz.

Gap faqat Onanada emas. O'z xatosidan so'ng u ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Bu uning darajasini ko'rsatadi. Onana barchasini o'z iziga soladi. U muhim o'yinchi", -deydi Erik ten Xag.     


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com