Ten Xag iste'foga chiqsa, qancha tovon puli olishi mumkinligi aytildi

Mirjalol Normatov
3 noya 2023
"Football Insider" nashri agarda Erik ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan ketsa, qancha tovon puli olishi mumkinligini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, niderlandiyalik mutaxassis "Yunayted"dan 15 mln evro qabul qilib oladi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2025 yil yozigacha davom etadi. Agarda mankunianliklar murabbiy bilan ushbu mavsumda xayrlashsa, uning shartnoma yakunigacha bo'lgan maoshini to'lab berishga majbur bo'ladi.

Ayni damda ten Xag APLda iste'foga chiqishi mumkin bo'lgan murabbiylar ichida "yetakchi" bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider