Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiya chempionati sovrindori

Narzulla Saydullayev
7 may 2014
O'zbekistonlik hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov yanvar oyida Xorvatiya oliy ligasi ishtirokchisi "Xayduk" klubi bilan shartnoma tuzgandi.
Kuni kecha Xorvatiya oliy ligasining 34-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. "Xayduk" o'z maydonida "Istra 1961" klubini qabul qilib mag'lub bo'ldi - 0:1. Bahsda Abduxoliqov 90 daqiqa harakat qildi. Ayni paytda "Xayduk" 59 ochko bilan musobaqa jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda. E'tiborlisi klub qolgan ikki turda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar uchinchi o'rinda qoladi. Ikkinchi o'rindagi "Rieka" hisobida 67 ochko bor, to'rtinchi pog'onadagi "Split" hisobida 51 ochko mavjud.

Shunday qilib Temurxo'ja Abduxoliqov "Xayduk"dagi ilk mavsumida Xorvatiya chempionati bronza medali sohibiga aylandi. Klub keyingi mavsumda Yevropa ligasi ikkinchi saralash bosqichidan ishtirok eta boshlaydi.

"Xayduk" 11 may kuni o'z uyida "Osiek"ni qabul qiladi. So'nggi turda 17 may kuni amaldagi mamlakat chempioni hisoblangan Zagrebning "Dinamo" klubi mehmoni bo'ladi.

"Xayduk" - "Istra 1961" 0:1
Gol:
Radonich 63.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia