Temur Turdiev: "Futbolchilar maydonda 100 emas, 120 foiz kuch bilan harakat qilishdi"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2021, 19:54
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Turdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Barcha guvoh bo'ldi, juda qiyin o'yin o'tkazdik. Yigitlar 100 emas, 120 foiz kuch bilan harakat qilishdi, borlarini berishdi. "Dinamo"ni yaxshi bilasiz, o'z vaqtida Superligada uzoq yillar barqaror ishtirok etgan. Hozirda ham elita yo'llanmasi uchun kurashmoqda. Tajribasi va qanday kuchga egaligi ma'lum edi. Jamoamizning ham tajribasi o'yindan o'yinga ortib bormoqda. G'alaba bilan tabriklayman barchani.
Futbolchilar taktik ko'rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. Shuning hisobiga g'alabani tantana qildik",- deydi Turdiev.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia