

- Ummon o'smirlar terma jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushgan bo'lsak dastlabkisida yirik hisobda g'alaba qozondik. Ikkinchisida esa ko'rib turganingizdek durang natija qayd etdik. Mana shunday o'rtoqlik uchrashuvlari biz uchun mashg'ulot vazifasini o'tab beradi. Bunday nazorat o'yinlarida kim qanday holatda ekanligini ko'rib olamiz.
Hozirda himoyada ham yarim himoyada ham xattoki hujum chizig'imizda ham muammolar bor. Osiyo chempionatigacha oz fursat qolmoqda. Musobaqagacha bunday muammolarni bartaraf etamiz. Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatga ko'proq e'tibor qaratyapmiz”, - deydi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev.
Jahongir Sotvoldiev



