Temur Kapadze "Aktobe" muxlislari bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2014
Kuni kecha Qozog'iston chempionati doirasidagi "Aktobe" - "Astana" uchrashuvida mezbonlar zafar quchishdi - 3:0.

O'yinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan hamyurtimiz Temur Kapadze uchrashuv tugagach klub muxlislari bilan xayrlashdi.

Bir necha kun oldin Kapadze mavsum tugagach klubdan ketishini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, "Aktobe" mavsumning so'nggi turini 9 noyabr kuni safarda "Ordabasi"ga qarshi o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia