Temmi Abraxam: "Terma borasida bir qarorga kelmadim"

Mirjalol Normatov
3 okt 2019
"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam terma jamoa borasida bir qarorga kelmaganini aytdi.

22 yoshli futbolchi Angliyaning yoshlar termasi tarkibida o'ynagan. Biroq unda hali ham Nigeriyaning milliy termasida o'ynash imkoniyati bor.

"Hozircha bir qarorga kelmadim. Ayni damda bor e'tiborim "Chelsi"ga qaratilgan.

Ikki davlat vakillari o'z termasida ko'rishni istayotgani juda katta sharaf. Angliyani ham Nigeriyani ham sevaman. Biroq hozirda "Chelsi"ni o'ylashim kerak. Bu borada bosh qotirish uchun ham vaqt keladi", - dedi Abraxam.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express