Telles MYU bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer yaqin soatlar ichida e'lon qilinadi

5 okt 2020, 21:14
"Portu" himoyachisi Aleks Telles faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.

U bugun "qizil iblislar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan. Jurnalista Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchi allaqachon ingliz klubi shartnomaga imzo chekkan. Bitim 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Kelishuvda shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati haqidagi band ham bor.

27 yoshli braziliyalik futbolchining transferi yaqin soatlar ichida ommaga oshkor qilinadi.


Manba: twitter.com/FabrizioRomano