Tarixda ikkinchi marta YCHL yarim finalida "Milan derbisi" bo'lib o'tadi

Sherzod Nurmatov
20 apr 2023, 15:22
"Inter" Chempionlar Ligasi chorak finalida "Benfika"ni mag'lub etdi va endi yarim finalda "Milan"ga qarshi o'ynaydi.

Shu tariqa, Chempionlar Ligasi tarixida ikkinchi marta 1/2 final bosqichida "Milan derbisi" o'tkaziladi.

"Inter" va "Milan" ilk bor ushbu bosqichda roppa-rosa 20 yil avval – 2003 yilda uchrashishgan. O'shanda "rossoneri" faqat safarda urilgan gol hisobiga (0:0, 1:1) finalga chiqqan. Keyin esa hal qiluvchi bahsda "Yuventus"ni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia