Taniqli agent "Lokomotiv" klubining transferini tanqid qildi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2017
Taniqli futbol agenti Dmitriy Selyuk "Sporting"da o'ynayotgan o'z mijozi Lasina Traoreni Moskvaning "Lokomotiv" klubiga taklif qilganini aytdi.

Uning fikricha ivuarlik futbolchi "temiryo'lchilar" safiga o'tgan Edyerdan anchagina kuchli.

"Taklif qilgandim. Traore Edyerdan bir emas, 100 marta kuchli. Xatto Traore ikki shisha viski ichib olib maydonga tushsa ham, yaxshi formadagi Edyerdan yaxshi o'ynaydi", - deb yozadi Selyuk tvittyerdagi o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Traore huquqiy jihatdan "Monako"ga tegishli. Rossiyada futbolchi "Anji", "Kuban" va SSKA klublarida o'ynagan.

Dmitriy Selyuk "Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Turening agenti hisoblanadi. O'tgan mavsum agent Xosep Gvardiola bilan bir necha bor OAV orqali janjallashgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: