Takexiro Tomiyasu "Arsenal"da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

Mirjalol Normatov
8 okt 2021
"Arsenal" himoyachisi Takexiro Tomiyasu klubning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

18 million evro evaziga "Bolonya"dan transfer qilingan 22 yoshli futbolchi London klubi tarkibida birinchi oyini o'tkazdi.

Takexiro ovozlarning 51 foiziga ega chiqdi. Kuchli uchlikda Aaron Remsdeyl hamda Emil Smit-Rou qayd etildi.

Sentyabr oyida Tomiyasu APLda 4 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: arsenal.com