Svetlana Saakova qizlar o'rtasidagi U-14 hududiy chempionatida komissar sifatida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2015
OFK tomonidan o'tkazilayotgan 14 yoshgacha bo'lgan qizlardan tuzilgan terma jamoalar o'rtasidagi hududiy musobaqalarda o'zbekistonlik Svetlana Saakova komissar sifatida faoliyat olib boradi.
Ushbu musobaqada Osiyoning 29 malakati terma jamoalari hududlar bo'yicha 7 guruhga bo'lingan holda o'zaro bahslashishadi.

Janubiy va Markaziy Osiyo
"A" guruhi: Eron, Maldiv, Shri-Lanka, Nepal
"V" guruhi: Butan, Bangladesh, Hindiston

Janubiy Sharqiy Osiyo
"A" guruhi: Myanmar, Tailand, Indoneziya, Laos, Kamboja
"V" guruhi: Vetnam, Singapur, Malayziya, Filippin

Sharqiy Osiyo
"A" guruhi: Yaponiya, Xitoy Taypey, Guam, Janubiy Koreya
"V" guruhi: Xitoy, Shimoliy Koreya, Gon Kong, Shimoliy Mariana orollari

G'arbiy Osiyo
Baxrayn, Iroq, Iordaniya, Falastin, BAA

Svetlana Saakova aynan G'arbiy Osiyo hududi terma jamoalari o'rtasidagi o'yinlarda komissar sifatida ish olib boradi. Uchrashuvlar 20-25 aprel kunlari, Baxraynda bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com