"Surxon" sport direktori Rustam Qurbonboev: "Qur'ani omadli yoki omadsizga ajratish noo'rin bo'ladi"

Alisher
2 fev 2025, 11:26
Termizning "Surxon" jamoasi yangi mavsumni "Qizilqum"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Klub sport direktori Rustam Qurbonboev qur'a natijalariga munosabatini bildirdi. 

"Qur'aning ko'zi ko'r bo'ladi deyishadi. Biz mavsum startini Termizda boshlashni istagan edik. O'z maydonimizda o'ynashni nafaqat jamoa, balki muxlislar ham intiqlik bilan kutayotgan edilar. Umuman olganda qur'ani omadli yoki omadsizga ajratish noo'rin hisoblanadi, chunki baribir hamma raqib bilan o'ynashimiz kerak", - deydi Rustam Qurbonboev.


Superliganing birinchi davra taqvimi ma'lum bo'ldi 


AlisherMuallif
Manba: championat.asia