"Surxon" futbol klubi Mo'minjonov haqidagi xabarni rad etdi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2018
“Surxon” futbol klubi matbuot xizmati, biroz avval championat.asia sayti tomonidan chiqarilgan "Eshitdik-da: Ilxom Mo'minjonovning keyingi ish joyi "Surxon" bo'ladi" degan xabarni rad etadi.

Bundan biroz oldin chiqqan ushbu xabardan so'ng bir qator muxlislar o'rtasida har xil gaplar boshlanib ketdi.

"Surxon" futbol klubi matbuot xizmati ushbu xabarni mutlaqo rad etadi.

Bizning jamoamizda barchasi ko'ngildagidek. Futbolchilar ahil bo'lib mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

Bugun jamoa Rifat Akramxo'jaev boshchiligida "Istiqlol"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi. Toshkentda kuchli yomg'ir bo'lishiga qaramasdan, futbolchilar astoydil mehnat qildilar.

"Surxon" jamoasi aynan Rufat Akramxo'jaev bilan o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan va buning ustida astoydil intilmoqda, - deb yozadi "Surxon" klubi matbuot xizmati.


 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia