Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv" futbol maktabiga direktor etib tayinlandi

Xayrulla Xoliqov
5 yanv 2022, 21:57
Yosh va malakali mutaxassis "Lokomotiv" futbol maktabiga rahbarlik qiladi.

Ma'lumot uchun, Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv"dagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo'lib, dastlab "Loko" U-21 jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. Ikkinchi davrada shu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanib, "Lokomotiv" o'rinbosarlarining U-21 chempionati chempioni bo'lishida munosib hissa qo'shdi. 

2020 yil ushbu mutaxassis "Lokomotiv" U-18 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi va U-18 musobaqasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 2021 yil boshida "Surxon" futbol klubiga yo'l olgan Rifat Akramxo'jaev 1 iyul kuni yana "Lokomotiv"ga qaytib, dastlab selekcioner murabbiy, undan keyin U-18 jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishladi. 

O'tgan yil "Lokomotiv"ning 18 yoshgacha futbolchilari Akramxo'jaev qo'l ostida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etib ijobiy natija ko'rsatdi. Shu o'rinda yangi ish va yangi lavozimda Rifat Saydi-Anvarovichga omad va zafarlar tilab qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz