

Birozdan so'ng jamoa a'zolari mamlakat kubogi doirasida "Qo'qon-1912"ga qarshi maydonga chiqadi. Tarkiblarga e'tibor berar ekanmiz Suriya terma jamoasi a'zosi Maksim Sarraf bu yil "Zamin" sharafini himoya qilishi ma'lum bo'ldi. Ma'lumot uchun, 20 yoshli kiper o'tgan mavsum Superligada "Andijon" jamoasida o'ynagandi.
Transfermarket portali uning narxini 25 ming evroga baholagan.



