Suriya Rossiyaga qarshi bahsda 7 nafar asosiy tarkib futbolchisidan foydalanmaydi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2024
Suriya terma jamoasi Rossiya bilan 7 nafar asosiy futbolchisisiz o'ynaydi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 19 noyabr kuni 21:30da (Toshkent vaqti) "Volgograd Arena"da bo'lib o'tadi.

"Shahar chiroyli, sovuq bo'lsa ham, yaxshi kutib olishdi.

Ammo barcha asosiy futbolchilar kelmadi. Rossiyaga 23 nafar futbolchi kelgan.

Etti nafar asosiy futbolchilar turli sabablarga ko'ra Rossiyada emas.

Uchrashuvda Suriya terma jamoasining muxlislari ham bo'lishini kutyapmiz" - deyiladi Suriya terma jamoasi matbuot xizmati bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС