Superliganing 23-turida hakamlik tahlili: noto'g'ri chetlatish va belgilanmagan penalti

Оқил Абдубарноев
4 okt 2025
Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakami Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) Superliganing 23-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni ko'rib chiqdi.

"Andijon" - OKMK

Hakam to'g'ri qaror qabul qilib, "Andijon" darvozaboniga nisbatan qo'pollik ishlatilganini qayd etdi. OKMK hujumchisi qo'lida to'p bilan havoda turgan darvozabonga tegib ketdi. To'g'ri qaror - hujumda qoida buzilishi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Andijon" - OKMK

OKMK o'yinchisi to'pni darvozabondan o'tkazdi, shundan so'ng "Andijon" himoyachisi bilan minimal to'qnashuv yuz berdi, ammo bu hujumchi futbolchining keyingi harakatiga hech qanday ta’sir ko'rsatmadi. Fikrimizcha, hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor"

"Bunyodkor" himoyachisi to'pga o'ynamoqchi bo'lib, ehtiyotsizlik oqibatida xatoga yo'l qo'ydi. "Qo'qon-1912" hujumchisi to'pga birinchi yetib bordi, himoyachi esa raqibining oyog'ini "tepib yubordi". Hakam murakkab vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi, chunki harakatda kim birinchi bo'lib to'pga tegayotganini ko'rish juda qiyin edi. Biroq VAR to'g'ri aralashib, hakamni videotakrorni ko'rishga chaqirdi. To'g'ri qaror - intizomiy choralar qo'llamasdan penalti belgilash.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Paxtakor" - "Surxon"

Nazarimizda, hakam penalti belgilashda xatoga yo'l qo'ydi. "Surxon" jamoasi o'yinchisi to'p tomon emas, balki raqib tomonga oyog'ini qo'yib, to'qnashuv tashabbuskori bo'ldi. VAR tekshiruvidan so'ng o'yindan tashqari holat qayd etildi, chunki 7-raqamli futbolchi to'p uzatilgan paytda himoyachilarga nisbatan darvoza chizig'iga yaqinroq joylashgandi. To'g'ri qaror – erkin zarba belgilash.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Dinamo" - "Sho'rtan"

"Sho'rton" o'yinchisi zarbani to'sishga urindi, biroq "Dinamo" hujumchisi darvozaga zarba berganidan so'ng, u beparvolik bilan qoidani buzdi: yakkakurash oqibatlarini hisobga olmasdan, ortdan raqibining oyog'iga zarba berdi. To'g'ri qaror – 11 metrlik jarima zarbasi hamda qo'pol o'yin uchun sariq kartochka.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Mashal" - "Buxoro"

"Buxoro" jamoasi o'yinchisi poziciya uchun kurashayotganda qo'lini raqib oldiga chiqardi va tirsagi bilan raqibning yuziga tegib ketdi. Bunda atayin zarba berish yoki ortiqcha kuch ishlatish kuzatilmaydi. Bizningcha, bu vaziyatda hakam qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatib, jarima zarbasi belgilashi lozim edi. VAR tizimi esa noo'rin aralashgan. Hakam o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatib, xatoga yo'l qo'ydi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


Shu tariqa, Superliganing 23-tur o'yinlarida hakamlar ikkita jiddiy xatoga yo'l qo'yishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia