Superliganing 18-turida uch nafar chetlatilgan hakam ishlaydi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2018
PFL bugun 18-tur o'yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

E'tiborlisi ushbu turdan o'rin olgan 3ta o'yinda shu yil Superliga o'yinlarida yo'l qo'ygan qo'pol xatolari tufayli noma'lum muddatga chetlatilgan hakamlar tayinlangan.

5-turdan o'rin olgan “Lokomotiv” - “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyin chetlatilgan Valentin Kovalenko 18-turdan o'rin olgan AGMK - "Buxoro" uchrashuvida ishlaydi.

6-turda "Paxtakor" - "Qizilqum" bahsidan keyin chetlatilgan Vadim Agishev "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvida bosh hakam bo'ladi.

13-turdan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” o'yinidan so'ng chetlatilgan Akobirxo'ja Shukurullaev esa "Neftchi" - "Qizilqum" o'yiniga tayinlangan.

Ma'lumot uchun, Kovalenko va Agishev 14-turda ham ishlashgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia