Superliga tashkil qilmoqchi bo'lgan klublarning 9 tasi Yevropa klublari associaciyasiga qaytdi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2021
Yevropa klublari associaciyasi (ECA) Yevropa Superligasini tashkil qilmoqchi bo'lgan 12 ta klubdan 9 tasini qayta kiritishga rozi bo'ldi.

"Milan", "Arsenal", "Chelsi", "Atletiko", "Inter", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" yana tashkilotga a'zo bo'ldi.

Aprel oyida UEFA tomonidan Superliga tuzish uchun qo'yilgan majburiyatlar rad etilgach, ushbu jamoalar "Real", "Barselona" va "Yuventus" bilan birgalikda ECAdan chiqib ketishgandi.

ECA klublari Yevropa Superligasi deb nomlangan loyiha keng jamoatchilik manfaatlariga javob bermasligini tan oldi, shuningdek, ularning bu loyihadan butunlay voz kechgani haqidagi bayonotlari inobatga olindi", - deyiladi ECA xabarida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ЕCА