Superliga. Shavkat Salomov va Mullajonov ikkitadan o'yinga chetlashtirildi. Tartib-Intizom qo'mitasi qarorlari

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2020, 18:34
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sankciyalar qo'llanildi.

Superliga
Uchrashuv:
“Surxon” – “Nasaf”
Jarimaga tortildi: Shavkat Salomov (“Surxon” futbolchisi )
Sabab: Raqib futbolchisining yuziga tuflagani va tajovuzkor xatti-harakati uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va moddiy jarima.



Uchrashuv: “Qo'qon-1912” – “So'g'diyona”
Jarimaga tortildi: Shavkat Mullajonov (“So'g'diyona” futbolchisi)
Sabab: Raqib futbolchisining oyoqlariga (tizza qismiga) zarba bergani uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va moddiy jarima.



U-18 Birinchiligi
Uchrashuv:
“Qizilqum U-18” – “Surxon U-18”
Jarimaga tortildi: Alisher Mahmudov (“Qizilqum U-18” futbolchisi )
Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan oyog'i bilan zarba bergani uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya.

Uchrashuv: “Qo'qon-1912 U-18” – “So'g'diyona U-18”
Jarimaga tortildi: Otabek Qodirov (“Qo'qon-1912 U-18” futbolchisi)
Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan tirsagi bilan zarba bergani uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya.

Uchrashuv: “Qo'qon-1912 U-18” – “So'g'diyona U-18”
Jarimaga tortildi: Nurmuhammad Sayimnazarov (“So'g'diyona U-18” futbolchisi)
Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan musht bilan zarba bergani uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya.

Uchrashuv: “Surxon U-18” – “Nasaf U-18”
Jarimaga tortildi: Azamat Jo'ramurodov (“Surxon U-18” murabbiyi )
Sabab: Hakam shaniga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va moddiy jarima.

Futzal bo'yicha XXIV O'zbekiston chempionati
Uchrashuv:
“Navbahor” – “Xuaxin”
Jarimaga tortildi: Ilhom Yusufjonov (“Navbahor” futzalchisi)
Sabab: Hakam shaniga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va moddiy jarima.



Uchrashuv: “Maksam-Chirchiq” – “Lokomotiv”
Jarimaga tortildi: Ahad Yusupov (“Lokomotiv” futzal jamoasi murabbiyi)
Sabab: Hakam shaniga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va moddiy jarima.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz