

Superliga
6-tur
“Qo'qon-1912” - “Nasaf” 1:1
Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 18:00
Gol: Toma Tabatadze penalti 88’ – Bobir Abdixoliqov 54’
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Ërdamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov
Komissar: Shohruh Said
🔵 "Qo'qon-1912": 1.Rustam Nortojiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 7.Javohir Sidiqov (9.Javohir Husanov, 64), 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev (99.Muhammadanas Hasanov, 46), 11.Silvanus Nimeli, 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov (22.Toma Tabatadze, 64), 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk (15.Zafar Hakimov, 90+4).
Zaxira: 13.Azizxon Isaqov, 6.Alisher Salimov, 18.Muhriddin Pazildinov, 47.Alper Aleksandrov, 70.Shohruh Mahmuhojiev.
🔴 "Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 5.G'olib G'aybullaev (22.Diyor Abdunazarov, 90+4), 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala (80.Davronbek Usmonov, 90+9), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murod Rahmatov, 32.Quvonch Xushvaqtov, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 2.Alibek Davronov, 4.Akramjon Komilov, 20.Yusuf Otubanjo, 27.Yashnarbek Berdirahmonov, 33.Bahodir Xalilov, 76.Zafar Sadullaev.
Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov (18), G'ulomhaydar Gulyamov (27), Murod Rahmatov (76).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+9. “Nasaf”da o'zgarish: Shala o'rniga Usmonov maydonga tushdi.
90+4. “Nasaf”da o'zgarish: G'aybullaev o'rniga Abdunazarov maydonga tushdi.
90+4. “Qo'qon-1912”da almashtirish:: Kondratyuk o'rniga Hakimov tushirildi.
90+3. G'olib G'aybullaevning oyoq tomirlari tortishib qoldi va unga yordam ko'rsatildi.
90. Ikkinchi taymga 10 daqiqa qo'shib berildi.
88. GOL! Tabatadze penaltidan to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi - 1:1!
87. Maydondagi muhokama hamon davom etmoqda.
84. Berdiev futbolchilaridan maydonni tark etishni so'ramoqda. Futbolchilar hakam bilan tortishish bilan band.
82. Penalti! Eshmurodov va G'aybullaev sariq kartochka oldi, Ro'ziqul Berdiev esa qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. 🟨🟥
80. Nimeli to'pga intilish chog'ida Ne'matov to'sig'iga uchragan epizod VAR’da ko'rib chiqilmoqda. Penalti belgilanish ehtimoli bor.
78. Abdiraxmatovning pasidan so'ng Shala uni Abdixoliqovga uzatishga harakat qildi, ammo ofsaydligi qayd etildi.
76. Rahmatov Hasanovga nisbatan o'ta qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 🟨
72. “Nasaf” to'pni bermaslikka, “Qo'qon-1912” esa uni olib qo'yishga urinmoqda.
69. Zarba! Hasanovning zarbasidan keyin to'p Tabatadzega tegib qaytdi.
67. Zarba! Shalaning erlatib bergan zarbasini Nortojiev ushlab oldi.
66. Zarba! Malikjonovning pasidan keyin Nimeli darvozani poylashga urindi, ammo noaniq.
64. “Qo'qon-1912”da 2 ta almashtirish: Gulyamov o'rniga Tabatadze, Sidiqov o'rniga Husanov bahsni davom ettiradi.
60. Uuux! Oybek Rustamov yaqin masofadan darvozani nishonga oldi, Nortojievdan seyv! 💥
58. Kondratyuk qanotdan katta tezlikda oldinga borayotgan Abdiraxmatovni yiqitdi.
54. GOL! Abdiraxmatovning zarbasidan so'ng to'p to'singa tegib qaytdi, qaytgan to'pni Abdixoliqov darvozaga yo'naltirdi - 0:1! ⚽️

52. G'aybullaev Nimeli to'p bilan oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi va xavfni bartaraf etdi.
50. Zarba! Bahromov chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ketdi.
48. Malikjonov maydon markazida Shalani yiqitdi va bu uchun uzr so'radi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Qo'qon-1912”da o'zgarish: Gadoev o'rniga Hasanov tushirildi.
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob - 0:0. Tanaffus!
45+4. Bosh hakam VAR’ni tingladi va bahsni davom ettirish mumkinligini bildirdi.
45+2. Eshmurodov jarima maydonchasi ichida Nimelini yiqitgan bo'lishi mumkin…
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
44. Gadoev o'ng oyog'ini ushlagan holda maydonda yotibdi. Tibbiyot vakillari uning holi bilan tanishmoqda.
"Neftchi" yordamchi murabbiyi Xans-Yurgen Gyode, selekcioner murabbiy Anvar Berdiev Qo'qondagi "Markaziy" stadionida "Qo'qon-1912" – "Nasaf" uchrashuvini kuzatib bormoqda.
Farg'onaliklar 8-tur doirasida aynan "Nasaf" bilan bahs yuritadi.

41. Zarbaa! Toshtemirov himoyachilardan qaytgan to'pni darvoza tomon yo'naltirdi, zarba kuchli, ammo noaniq edi.
39. Zarbaaa! Gulyamovning jarimadan bergan zarbasi xavfli chiqdi, biroq bu Ne'matovga muammo tug'dirmadi.
37. Bahromov Gadoevni ortdag turib yiqitmoqda, jarima zarbasi. Biroq darvoza tomon masofa ancha uzoq.
34. To'p nazorati bo'yicha statistika 66% ga 34%. Ustunlik mezbonlar tomonida.
31. Zarba! Gadoev uzoqdan darvozani poylashga urindi, noaniq.
29. Zarba! Adenis Shalaning erlatib yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
27. Gulyamov Bahromovga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 🟨
25. Rahmatov Gulyamov bilan to'qnashib ketdi, qo'qonliklar vakiliga tibbiy yordam zarurati tug'ildi.

24. Kondratyuk havodagi kurashda G'aybullaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Himoyachiga tibbiy yordam ko'rsatildi.
21. Gadoev to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun jarima zarbasi belgilandi.
18. Oybek Rustamov kechiktirilgan fol uchun ogohlantirildi, u Akramovning oyog'iga tepgandi. 🟨
15. Rustamov Sidiqovga nisbatan fol ishlatishga majbur bo'ldi.
13. Rustamov uzun pas orqali Abdixoliqovni to'p bilan taminlashga harakat qildi, ammo Nortojiev darvozadan chiqib kelib to'pni tepib yubordi.
11. Gvazavaning uzatmasidan so'ng jarima maydonchasi ichidagi Nimeli to'pni to'xtata olmadi, yakunda Abdiraxmatov to'pni uzoqlashtirdi.
8. Zarba! G'ulomhaydar Gulyamov olisdan zarba yo'llab, omadini sinab ko'rdi. 💥
4. “Qo'qon-1912” Gadoev va Akramov orqali yaxshi hujum tashkil etayotgandi, biroq sal avval Kondratyuk ofsaydda qolgan ekan.
1. O'yin boshlandi!
Bahs 18:00 da boshlanadi.



