Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
27 fev 2026
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

1-tur

"Paxtakor" – "Qizilqum" 2:0

Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umrzoqov

Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov 

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: 1:0 – 75, Doston Hamdamov, 2:0 – 90+4, Pyotr Parjishek

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov (8.Dilshod Saitov, 38), 9.Ibrohim Ibragimov, 10.Akmal Mozgovoy, 11.Hojimat Erkinov (17.Doston Hamdamov, 74), 14.Rustam Turdimurodov (19.Pyotr Pajishek, 74), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Oybek Bozorov. 

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Shahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 18.Abubakir Shukurullaev, 20.Dilshod Abdullaev, 23.Abdurauf Bo'riev.

"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 10.Islom Kenjaboev (25.Shohruz Norxonov, 76), 11.Oleksiy Shebetun, 14.Alisher Shukurov (9.Shahzod Turopov, 83), 15.Nikola Kumburovich, 16.Asror G'ofurov, 20.Bobomurod Bozorov (34.Grigol Chabradze, 63), 23.Samandar Shukurillaev, 31.Jambuli Jigauri, 77.Diyor Rahmatilloev (4.Ilhom Vahobov, 76)

Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 17.Akmal Muzaffarov, 19.Ilhom Kenjaev, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 44.G'iyos Rizaqulov.

Ogohlantirish: Asror G'ofurov (70)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+4. GOL! "Paxtakor" hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi! Pyotr Parjishek debyutida hisobiga gol yozdirdi!

90+3. Shebudinning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

90+1. Nasrullaevning uzatmasidan so'ng Hamdamovning zarbasini Rahmatov qaytardi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

89. "Qizilqum" jarima to'pi ishladi. Uzatmadan so'ng Jigaurining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

85. Hamdamovning jarimadan uzatmasi himoyachi tomonidan qaytarildi.

83. "Qizilqum"da o'zgarish.

76. "Qizilqum"da ikki o'zgarish.

75. GOL! Ketma-ket zarbalardan so'ng bir daqiqa avval zaxiradan maydonga tushgan Doston Hamdamov hisobni ochdi!74. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

70. G'ofurov Erkinovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

70. Kenjaboevning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, biroq yon hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

67. Zarba! Sobirxo'jaevning jarima maydonida yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

65. Kenjaboevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

63. "Qizilqum" tarkibida o'zgarish: Bozorov o'rniga Chabradze tushdi.

59. Bozorovning zarbasi Shukurillaevga tegib qaytdi.

58. Erkinov tomonidan yo'llangan zarba darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

57. Nasrullaevning raqib jarima maydonida tepgan to'pini Rahmatov egalladi.

56. Kenjaboev hujumda Tahsiidan o'tib keta olmadi va qoida buzdi.

53. Turdimurodovning jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Rahmatov qaytardi.

50. Turdimurodov jarima maydoniga uzatilgan to'pga bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikki jamoa ham ehtiyotkor o'yin namoyish etdi. "Paxtakor" kichik ustunlikka erishgan bo'lsa-da, etarlicha xavfli vaziyat yarata olmadi. Boz ustiga, jamoa yetakchilaridan biri Hojiakbar Alijonov jarohat olib, almashtirildi. "Qizilqum"da kam sonli hujumlardan biri xavfli tus oldi. Islom Kenjaboevning chap oyoqda yo'llagan zarbasi raqib darvozasi ustuni yonidan o'tib ketdi. Shuningdek, hujumchi "Paxtakor" jarima maydonida Dilshod Saitov bilan to'qnashib ketdi, ammo hakam vaziyatni penaltiga loyiq topmadi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

43. Kenjaboev raqib jarima maydonida Saitov bilan kurashda yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.

40. Erkinovning uzatmasi Rahmatullaevdan maydonni tark etdi. Burchak uzatmasidan so'ng Abdumajidovning zarbasi noaniq.

38. "Paxtakor"da majburiy o'zgarish: Alijonov o'rniga Saitov maydonga tushirildi.

37. Jigaurining zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

36. Alijonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

34. Kenjaboevning chap qanotdan uzatmasi sherigiga bormadi.

32. Turdimurodovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga G'ofurov blok qo'ydi.

29. Mezbonlarning burchak uzatmasidan so'ng "Paxtakor" tomonidan fol ishlatildi.

27. Kenjaboevning deyarli raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan yo'llagan zarbasini Nazarov qaytardi. "Qizilqum" futbolchisi o'yindan tashqari holatda deb topildi.

26. Kenjaboevning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatmoqda.

20. "Paxtakor"ning kombinacion hujumi Mozgovoyning zarbasi bilan yakunlandi, Shukurullaevdan to'p qaytdi.

18. Kenjaboev tepgan to'pni Nazarov egalladi.

17. Alijonovning raqib jarima maydoni tomon uzatmasiga Erkinov eta olmadi.

16. Sobirxo'jaevning zarbasi noaniq.

14. Alijonovning o'ng qanotdan uzatmasini Shukurillaev qaytardi.

11. Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi Rahmatovning qo'llariga tushdi.

6. Kumburovich raqib futbolchisining jarima maydoniga yorib kirishiga yo'l qo'ymadi.

4. Bozorovning burchakdan uzatmasi Tahsinning zarbasi bilan yakunlandi. To'p himoyachiga tegib, Rahmatovga bordi.

3. "Paxtakor" ilk burchak zarbasini ishladi. Alijonovning o'ng qanotdan uzatmasi raqib himoyachisidan o'tmadi.

1. O'yin boshlandi.

O'zbekiston Superligasining 2026 yilgi mavsumi start olmoqda. Jamoalar maydonga tushishdi. "Paxtakor" to'q ko'k, "Qizilqum" qizil liboslarda harakat qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia