Xitoy Superligasi. "Shanxay SIPG" irodali tarzda g'alaba qozondi, Ahmedovdan assist

Alisher
27 iyul 2020
Xitoy Superligasi 1-tur doirasidagi "Tyanczin Teda" - "Shanxay SIPG" o'yini yakunlandi.

Shanxayliklar Xitoy Superligasining yangi mavsumini irodali g'alaba bilan boshlashdi. Mehmonlar "Tyanczin Teda"ning goliga 3ta gol bilan javob berishdi. Takidlash kerakki, hamyurtimiz Odil Ahmedov Rikardo Lopesning ikkinchi goliga assistentlik qildi va jamoasining ishonchli hisobda g'alab qozonishiga o'z hissasini qo'shdi. Shunday so'ng 3 daqiqa o'tib, aniqrog'i 68-daqiqada O'zbekiston MTJ sardori o'z o'rnini Marko Arnautovichga bo'shatib berdi.

"Tyanczin Teda" - "Shanxay SIPG" 1:3

Gollar: Ron Xao (6) - Rikardo Lopes (40, 65), Shenchao Vang (45)

"Tyanczin Teda": Du Czya, Chjao Xunlyue, Yan Lu, Cyu Tyani, Bay Yuefen, K. Chjen, Go Xao, Jun Xao, F. Achimpong, Lyu Jofan, Syao Chji

"Shanxay SIPG": Yan Czyunlin, Van Shenchao, Yuy Xay, Shi Ke, Fu Xuan, M. Muzepper, Oskar, Odil Ahmedov, Chen Binbin, Xalk, R.L. Pereyra


AlisherMuallif
Manba: championat.asia