Superliga. 5-turda qaysi jamoalarning uzatmalari aniqroq bo'lgan?

Оқил Абдубарноев
5 apr 2026, 18:10
Superliganing 5-tur bahslari yakunlariga ko'ra, jamoalarning umumiy to'p uzatmalari aniqligi bo'yicha statistik ko'rsatkichlari e'lon qilindi.

Mazkur ro'yxatda Toshkentning "Paxtakor" klubi eng yuqori natijani qayd etdi. Ushbu jamoa futbolchilarining o'yin davomidagi to'p uzatmalari aniqligi 86 foizni tashkil qildi.

Kuchli uchlikdan Qarshining "Nasaf" hamda Namanganning "Navbahor" klublari o'rin oldi. "Nasaf" vakillarida mazkur ko'rsatkich 84 foizga teng bo'lgan bo'lsa, namanganliklar 83 foizlik aniqlik qayd etishdi.

Shuningdek, reytingdagi keyingi o'rinlarni bir xil – 82 foizlik natija bilan "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" hamda "Neftchi" jamoalari band etishdi.

photo_2026-04-05_14-24-41.jpg


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎзПФЛ