

Klublar o'z futbolchilarini PFLdan ro'yxatdan o'tkazdi.
E'tiborli jihati hech qaysi klub qaydnomasida tajribali darvozabon Ignatiy Nesterov va himoyachi Murod Holmuhammedov o'rin olmadi.
Nesterov o'tgan mavsumni Navoiyning "Qizilqum" klubida o'tkazgandi. Xolmuhammedov to'p tepgan "Qo'qon-1912" esa Pro ligaga tushib ketdi. Ikkala futbolchi ham kamida yozgacha Superligada o'ynay olmasligi aniq.
Pro ligada esa transfer oynasi 28 fevral kuni yopiladi.




