Superliga-2021. Yusupov va Nesterov tengsiz

Narzulla Saydullayev
29 noya 2021
2021 yilgi Superligamiz o'z yakuniga etdi.

26ta tur davomida faqat ikki futbolchi barcha o'yinlarni to'liq, o'zgarishlarsiz o'tkazgani e'tiborga molik. Ularning ikkalasi ham darvozabon.

"Qizilqum" posboni Ignatiy Nesterov va "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov 26ta o'yinning barchasida to'liq 90 daqiqadan maydonda harakat qilishdi.  

Bir qator futbolchilar 26ta o'yinda maydonga tushishdi, biroq to'liq 90 daqiqadan harakat qilishmagan: Alisher Salimov ("Surxon"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Luka Chermel ("So'g'diyona"), Giorgi Kuxianidze ("Qizilqum"), Husniddin G'ofurov ("Surxon"), Shuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv"), Damir Temirov ("Metallurg"), Husayin Norchaev ("Nasaf"), Muhammadanas Hasanov ("Qo'qon-1912"), Mate Vatsadze ("Qizilqum"), Martin Boake ("Andijon"/AGMK) va Azizbek Amonov ("Lokomotiv").



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia