Superliga. 14-tur o'yinlarining boshlanish vaqti ma'lum

Tolibjon Qosimov
13 iyul 2022, 15:01
Xabaringiz bor, Coca Cola Superligada jamoalar tanaffusga chiqib kyetishgan.

1 avgust sanasidan mamlakatimiz yashil maydonlarida Superliga 2-davrasiga start beriladi. PFL matbuot xizmati 14-tur uchrashuvlarining boshlanish vaqtini e'lon qildi. 3 kun davom etadigan tur o'yinlarining boshlanish vaqtlari bilan quyida tanishasiz.

Superliga, 14-tur

01.08.2022

19:00. "Surxon" - "Olimpik"

20:00. "Paxtakor" - "Dinamo"

20:00. "So'g'diyona" - "Bunyodkor"

02.08.2022

19:00. "Qo'qon-1912" - "Neftchi"

20:00. "Nasaf" - "Navbahor"

03.08.2022

19:00. AGMK - "Metallurg"

20:00. "Lokomotiv" - "Qizilqum"


Eslatib o'tamiz, "Navbahor" jamoasi birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. Ammo, "Nasaf", "Paxtakor" va "So'g'diyona" jamoalari Samvel Babayan shogirdlaridan bitta kam o'yin o'tkazishgan. Zaxira uchrashuvlaridagi g'alaba ularga namanganliklardan o'tib olish imkonini beradi.

Superliga turnir jadvali.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ПФЛ матбуот хизмати