

Opta Sports superkompyuteri yangi mavsum oldidan o'z bashoratlarini e'lon qildi. Nashrning xabar berishicha, yangi mavsum Ispaniya chempionligiga asosiy davogar - "Barselona" nomi keltirilgan. Kataloniyaliklarning chempionlik uchun imkoniyatlari 46,5 foizga baholangan.
"Real Madrid"ning chempionligiga 32,1 foiz berilgan. Chempionlik uchun uchinchi davogar sifatida "Atletiko M" ko'rsatilgan. Madrid jamoasining imkoniyatlari 11,7 foizga baholangan.



