"Suonsi"ga qarshi bahsda Mourinyoning o'g'li MYU zaxirasida o'tirdi

Tolibjon Qosimov
2 apr 2018
"Manchester Yunayted" APL 32-turida "Suonsi"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ana shu bellashuvda MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyoning o'g'li kichik Joze Mariu (Zuka) jamoaning zaxira o'rindig'ida o'tirdi.

Yosh Zuka uchrashuvda futbolchi va rasmiy shaxslar qatori qaydnomadan joy oldi.

Ana shu uchrashuvda Maykl Kerrik ham o'yinchi sifatida emas, murabbiylar qatoridan joy oldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/carras16