Sunnatilla Abdullajonov: "Lokomotiv" ustidan g'alabani uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizga bag'ishlaymiz"

Iskandarov Abdulaziz
4 okt 2022, 19:55
"Neftchi" yarim himoyachisi Sunnatilla Abdullajonov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Lokomotiv" bilan o'yin olti ochkolik edi. Bu o'yinda g'alaba qozonib turnir jadvalida yanada yuqorilab olishni maqsad qilgandik. Qaysidir manoda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Muhimi g'alaba qozodik. Uch ochkodan barcha xursand. Mazkur g'alabani uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizga bag'ishlaymiz. 

Jamoamiz barqaror o'yin va natija ko'rsatayotgani, Vitaliy Levchenkoning uslubiga tezda moslashib olganidan daraka beradi. Yangi taktika, uslubni tezroq tushunib olishimiz lozim edi.

O'z maydonimizga qaytishni intiqlik bilan kutyapmiz. Aniqsa vodiy derbisini uyda o'tkazsak bu katta motivaciya beradi. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga chiqamiz",-  deydi Sunnatilla Abdullajonov. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia