Sulsher "Tottenxem"ga qarshi o'yinda ham MYUni boshqaradi. Aleks Fergyuson murabbiyni qo'llab-quvvatlamoqda

Aslanov Jasurbek
26 okt 2021, 22:39
"Manchester Yunayted" ustozi Ole-Gunnar Sulsher yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etmaydi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Yunayted" rahbariyatining ko'proq qismi murabbiyga yana imkon berish tarafdori bo'lgan. Sulsher APL 10-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jamoani boshqarishi aniq.

Norvegiyalik murabbiyni jamoa afsonasi Aleks Fergyuson qo'llab-quvvatlamoqda. Sulsher jamoa o'yinchilari bilan uchrashuv o'tkazishga ham ulgurgan. 

Keyingi uchrashuvlarda qayd etiladigan natijalar Ole-Gunnar Sulsher uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://twitter.com/FabrizioRomano