

Norvegiyalik mutaxassis Krishtianu Ronaldu va uning jamoaga ta’siri mavzusiga to'xtalib o'tdi. Murabbiy ko'plab muxlis va mutaxassislarning fikriga qo'shilmasligini aytdi.
"Qanday qilib Krishtianu jamoaga xalaqit bermoqda, deb ayta olasiz? Men buni tushunmayapman, bu kulgili tuyuladi. Ronaldu sayyoramizga qadam qo'ygan eng buyuk futbolchilardan biri. U o'z sohasining haqiqiy professionali va uning jamoaga ta’siri juda katta", - deya izoh berdi Sulsher.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik hujumchi joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.



