Sulsher "Kristal Pelas" bilan durangdan so'ng fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
4 mar 2021, 08:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Natija bizni hafa qilmoqda. Agar keraklikcha o'ynay olmasang, g'alaba qozona olmaysan. "Pelas" bilan o'ynash doim qiyin. Ular raqibni o'zlariga moslashtirib o'ynashga majbur qila oladigan yaxshi jamoa.

Ikkinchi taymda o'yinimiz o'xshamadi. Biz ko'p marotaba to'pni yo'qotdik. Tanaffusgacha bazida bosim qildik, ozgina vaziyatlar bo'lgandi, ammo to'p bilan ishlay olmdik. 

"Manchester Yunayted" darvozaboni e'tiborini doim bitta joyga jamlashi lozim. Xenderson o'smoqda. Durang uchun unga rahmat", - dedi Sulsher. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC